Rossiya Davlat Dumasi raisi rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi
Siyosat
Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Tashrif doirasida u mamlakat rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqida Rossiyaning O'zbekistondagi elchixonasi telegram sahifasida xabar berdi.
Shuningdek, u Oliy Majlisning har ikki palatasiga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Bundan oldin, 2022-yil 28-noyabr kuni Vyacheslav Volodinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida Davlat Dumasi va O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida Parlamentlararo hamkorlik komissiyasini tuzish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.
Mazkur komissiyaning birinchi yig‘ilishi 2024-yil 19-fevral kuni bo‘lib o‘tgan bo‘lib, uni Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin va Qonunchilik palatasi raisi Nuriddin Ismoilov boshqargan.

Powered by Froala Editor