Rossiya Eron bilan hamkorlik shartnomasini ma’qulladi

Siyosat

Shartnoma uchinchi davlat tomonidan tajovuz sodir etilgan taqdirda, boshqa tomon agressorga harbiy yoki boshqa yordam bermasligi, shuningdek, kelib chiqqan ziddiyatlarni BMT nizomi va xalqaro me’yorlarga muvofiq hal qilishga ko‘maklashishi belgilangan.Ushbu hujjat xavfsizlik va mudofaa sohalaridagi hamkorlikni nazarda tutadi.

Rossiya Eron bilan hamkorlik shartnomasini ma’qulladi
Bundan tashqari, shartnoma Rossiya va Eronning razvedka va xavfsizlik xizmatlari o‘rtasida maxsus bitimlar doirasida hamkorlikni, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga sodiqligini tasdiqlaydi. Bu esa mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlashning muhim tarkibiy qismi sifatida ko‘riladi.

Shuningdek, shartnoma qurollarni nazorat qilish, qurolsizlanish, tarqatmaslik va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha xalqaro bitimlar va tashkilotlar doirasida yaqindan hamkorlikni belgilaydi.

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federal Kengashi (FK) 16 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Eron bilan har tomonlama strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilishni bir ovozdan ma’qulladi.

Ovoz berishdan oldin FKning xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rais o‘rinbosari Sergey Kislyak shartnomani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. FK raisi Valentina Matviyenko esa: “Shartnoma juda muhim, uni qo‘llab-quvvatlashni taklif qilaman”, — dedi.

Mazkur shartnoma yanvar oyida Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Masud Pezeshkian tomonidan imzolangan edi. U ikki tomonning “o‘zaro manfaatli barcha sohalarda munosabatlarni chuqurlashtirish va kengaytirish” istagini mustahkamlaydi. 8 aprel kuni bu shartnomani Rossiya Davlat Dumasida ham ratifikatsiya qilingan.

Shartnoma mustaqil, zamonaviy to‘lov infratuzilmasini yaratish, ikki tomonlama hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri banklararo hamkorlikni kuchaytirish va milliy moliyaviy mahsulotlarni keng joriy etishni ham o‘z ichiga oladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing