Rossiya Germaniyaning DGAP tashkilotini “nomaqbul" deb e'lon qildi
Dunyo
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi Germaniya tashqi siyosat jamiyatini (Deutsche Gesellschaft für Auswärtige Politik, DGAP) “istalmagan tashkilot” deb e’lon qildi. Bu haqida 20-mart kuni bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya rasmiylarining fikriga ko‘ra, DGAPning asosiy maqsadlaridan biri mamlakat ichki va tashqi siyosatini obro‘sizlantirishdan iborat. "Tashkilot mutaxassislari Germaniya hukumati, federal vazirliklar va xalqaro munosabatlar sohasida ishlayotgan muassasalarga faol maslahatlar berib keladi", — deyiladi Rossiya prokuraturasining bayonotida.
Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari ta’kidlashicha, DGAP Rossiyaning Ukrainaga harbiy aralashuvidan beri:
Rossiyaga qarshi sanksiyaviy bosimni oshirishga chaqirib kelmoqda,
Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlamoqda,
Yevropa davlatlarini "yevropaparast siyosiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirish"ga undamoqda,
Rossiya ichki siyosatini beqarorlashtirishga harakat qilmoqda,
Rossiya Qurolli kuchlari haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatmoqda,
Boshqa "istalmagan" deb e’tirof etilgan tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Powered by Froala Editor