Rossiya nefti AQSh blokadasiga qaramay Kubaga yetib bordi

Dunyo

“Anatoliy Kolodkin” rus tankeri 100 ming tonna neftni Kubaga etkazdi, AQSh tomonidan joriy etilgan energetik blokadaga qaramay. AQSh sohil qo‘riqchilari tankerni xavfsiz yetib borishiga ruxsat berdi.

Rossiya nefti AQSh blokadasiga qaramay Kubaga yetib bordi
Rossiya Transport vazirligi xabariga ko‘ra, “Anatoliy Kolodkin” tankeri Kubaga 100 ming tonna xom neft yetkazdi. Ushbu reys AQSh tomonidan orolga energiya importini cheklovchi qat’iy cheklovlar fonida amalga oshirildi.

The New York Times yozishicha, amerikalik sohil qo‘riqchilari rus kemasining Kubaning portlariga yetib borishiga amalda ruxsat bergan.

Oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kubaga insonparvarlik maqsadidagi neft yetkazib berilishiga qarshi emasligini, va neftning qayerdan kelishi u uchun katta muammo emasligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u Kubani AQSh uchun “keyingi davlat” sifatida e’tiborda saqlashini qayd etdi.

AQShning de-fakto blokadasi ortidan Kubadagi energetik vaziyat keskinlashdi. Mart oyida bir necha bor butun orolda elektr uzilishlari yuz berdi, bu energiya tanqisligini yanada kuchaytirdi.

Ekspertlar fikricha, Rossiya neftining yetkazilishi vaziyatni vaqtincha barqarorlashtiradi va energetik inqirozning oqibatlarini yumshatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing