Rossiya-O’zbekiston hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda

Siyosat

Hozirda bosh vazir lavozimini egallab turgan Mixail Mishustinning bergan bayonotiga ko’ra, kelgusi besh yil ichida O’zbekiston-Rossiya munosabatlarida ulkan siljish bo’lishi kutilmoqda. Ya’ni ikki davlat o’rtasidagi o’zaro tavar ayirboshlash hajmi uch baravarga, 30 milliard dollarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.

Rossiya-O’zbekiston hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda
Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Rashetnikov Rossiya Federatsiyasi O’zbekiston iqtisodiyoti uchun ikkinchi muhim hamkor ekanligiga qo’shimcha qildi. Yilning birinchi yarmida mamlakatlar tovar ayirboshlash hajmi 9 foizga oshirildi.

Bundan tashqari kelgusi hamkorlik istiqbollariga doir yo’l xaritasi ishlab chiqildi.

“Vladimir Putin Va Shavkat Mirziyoyev o’z oldilariga eksport va import hajmini oshirish bo’yicha ancha katta maqsad qo’yishga qaror qilishdi. Bunga erishish uchun jiddiy mehnat talab etiladi” ,- deydi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing