Rossiya O'zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bo'yicha yetakchilik qilmoqda

Biznes

2024-yilning 1-iyun holatiga ko’ra mamlakatimizda 14 349 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda. Bu OʻzR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlarida keltirilgan.

Rossiya O'zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bo'yicha yetakchilik qilmoqda
Bunday korxonalarning eng ko'p soni Rossiyaga tegishli - 3 015 ta korxona.

Rossiyadan keyin:

- Xitoy - 2 667 ta korxona

- Turkiya - 1 850 ta korxona

- Qozog'iston - 1 100 ta korxona

- Janubiy Koreya – 711 ta korxona

- AQSh - 310 ta korxona

Rossiya Prezidentining yaqinda O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim voqea bo‘ldi. Tashrif doirasida umumiy qiymati 20 milliard dollardan ortiq yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Savdo-iqtisodiy sohada amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.

Tomonlar tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish muhimligi to‘g‘risida kelishib oldilar va uzoq muddatli istiqbolda 30 milliard dollarga yetishni maqsad qilib qo‘ydilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing