Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi

Dunyo

Rossiya va Ukraina rasmiylari 15-16 aprel kunlari Qora dengizdagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuv Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqida CNN Turk xabar bermoqda.

Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
Uchrashuvda aynan kimlar ishtirok etishi va u to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita o‘tkazilishiga aniqlik kiritilmagan. Moskva va Kiyev o‘z vakillarining mazkur uchrashuvda ishtirok etishini hozircha rasman tasdiqlamadi. Yil boshidan beri tomonlar vositachilar orqali muzokaralar o‘tkazib kelmoqda.

O‘z navbatida Turkiya Milliy mudofaa vazirligi 15–16 aprel kunlari Anqarada Qora dengizdagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning harbiy vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilishini ma’lum qildi. Biroq uchrashuvda ishtirok etadigan davlatlar ro‘yxati oshkor etilmadi.

«Rossiya va Ukraina o‘rtasida ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish sharoitida Qora dengiz xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv Turkiya Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi shtabida bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy davlatlarning harbiy vakillari ishtirok etadi va Qora dengizda tinchlikni saqlash bo‘yicha harbiy-dengiz rejalashtirishning turli jihatlari muhokama qilinadi», — deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing