Rossiyalik marhum Generalni 29 yoshli o'zbek yigiti portlatgan

Dunyo

Kuni kecha ertalab Rossiya Qurolli Kuchlari Radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo'shinlari (RHBZ) boshlig'i, general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi samokatga o'rnatilgan portlovchi qurilma portlashi oqibatida vafot etgan edi. Jinoyatchilar 12 soat ichida qo'lga olindi.

Rossiyalik marhum Generalni 29 yoshli o'zbek yigiti portlatgan
Igor Kirillov va uning yordamchisini o'ldirishda gumon qilinayotgan shaxsga $100,000 mukofot va NATO davlatlaridan birida doimiy yashash huquqi va'da qilingan. Bu shaxs, 1995-yilda tug'ilgan O'zbekiston fuqarosi, u Moskva viloyatidagi Chyornoye qishlog'ida hibsga olingan.

Gumonlanuvchi yolg'iz bo'lmagan uning bir sherigi ham bo'lgan, ular tunda qo'lga olingan. Mash nashrining xabariga ko'ra, birinchi shaxs skuterini Kirillovning yashash uyiga olib borgan. Ikkinchi shaxs esa, avtomobilni belgilangan joyga yetkazish bilan shug'ullangan.

Birinchi shaxs taxminan, noaniq vazifada ishlagan, ikkinchisi esa Ukraina razvedkasi tomonidan bu ishga yollangan. Hozirda gumonlanuvchilar tergovchilarga yordam berib, ko'rsatmalar berishmoqda va buyurtmachilarni ochib berishdi. Tergov paytida ular shunday degan:

"Ukrainaning maxsus xizmatlari topshirig'iga binoan, Moskvaga kelib, uyning yoniga mahsus tayyorlangan portlovchi qurilmani o'rnatganman. So'ngra, karsharing avtomobilini ijaraga olib, videokamerani o'rnatdim va uning ko'rinishini Dneprga jonatdim. Kirillov binodan chiqqanini ko'rgach, masofaviy tarzda portlovchi qurilmani ishga tushirdim."

29 yoshli O'zbekiston fuqarosi Balashixada yashagan va u yerda Ukraina nazoratchilari tomonidan portlashni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko'rgan. SBU unga Yevropa Ittifoqi pasporti va $100,000 mukofot va'da qilgan. Hozirda tergov surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing