Rubio: Jeneva maslahatlari Tramp davridagi eng yaxshi natija
Dunyo
Jenevada o‘tgan Ukraina bo‘yicha muzokaralar Tramp ma’muriyati boshidan beri eng samarali uchrashuv sifatida baholandi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi. Uning aytishicha, Vashington so‘nggi oylarda mojaro tomonlarining ustuvor yo‘nalishlari va “qizil chiziqlari”ni ancha chuqur anglab oldi.
Rubio ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n oy ichida AQSh barcha tomonlarning pozitsiyalarini aniqroq belgilab oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqilayotgan Ukraina bo‘yicha rejaning tasdiqlanishi, avvalo, Rossiyaning pozitsiyasiga bog‘liq.
Powered by Froala Editor