Saida Mirziyoyeva BlackRock bilan Toshkent xalqaro moliya markazini ishga tushirishni muhokama qildi

Iqtisodiyot

Nyu-Yorkda Saida Mirziyoyeva BlackRock rahbariyati bilan uchrashib, Toshkent xalqaro moliya markazini 2027-yilda ishga tushirish masalasini muhokama qildi. Muzokaralarda BlackRock prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, Global Infrastructure Partners raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi hamda BlackRock moliyaviy va strategik investorlar guruhining global rahbari Charlz Xatami ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva BlackRock bilan Toshkent xalqaro moliya markazini ishga tushirishni muhokama qildi
Tomonlar bo‘lajak markaz konsepsiyasi va tuzilmasini shakllantirish masalasini ko‘rib chiqdilar. Mirziyoyevaning qayd etishicha, BlackRock ushbu ishda ko‘maklashmoqda.

Nyu-Yorkda AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida qo‘shma davra suhbati ham o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va mintaqaning yaqin o‘n yilliklardagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

«O‘zbekiston yirik, sifatli investitsiyalar uchun ochilmoqda», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing