Saida Mirziyoyeva Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi

Dunyo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qatar Davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida u Qatar amiriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Saida Mirziyoyeva Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi
Tomonlar O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, yangi qo‘shma tashabbuslar va istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston va Qatarni yildan-yilga mustahkamlanib borayotgan iliq va ishonchli munosabatlar bog‘lab turishini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, ikki mamlakat o‘rtasida umumiy manfaatlar hamda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud.

Uchrashuvda hamkorlikning keyingi yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratdilar.

Saida Mirziyoyeva ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Uchrashuv O‘zbekiston va Qatar uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing