Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdi

O'zbekiston

25-iyun kuni O‘zbekiston Prezidentining birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdi
"Bugun Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdik. Muloqot davomida ikki davlat oʻrtasidagi madaniy va tarixiy aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildik. Xalqlarimizni bir-biriga yaqinlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirish choralarini ko‘rishga kelishib oldik”, - deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 5-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Xiva shahrida uchrashuv o‘tkazgan edi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, har tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing