Saidov va Rubio «C5+1» strategik sherikligining ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov «C5+1» hamkorligini Markaziy Osiyoni yaxlit mintaqa sifatida rivojlantirishga qaratilgan yangi strategik mazmun bilan boyitishga chaqirdi. Bu haqda u AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ma’lum qildi.
Saidovning ta’kidlashicha, kuchli, barqaror va farovon Markaziy Osiyo mintaqadagi barcha davlatlar hamda xalqaro hamkorlar manfaatlariga mos keladi. U O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurgan Rubioni qutlab, AQSh tomonining strategik sheriklikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Vazir, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning mintaqaga va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratayotgan e’tiborini qayd etdi.
Saidov O‘zbekiston va AQSh yetakchilari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochganini ta’kidladi. Toshkent erishilgan natijalarni rivojlantirish, hamkorlik izchilligini ta’minlash va kelishuvlarni amaliy loyihalarga aylantirishga tayyor. Uning fikricha, Markaziy Osiyo o‘z kelajagini mustaqil belgilash va xalqaro jarayonlarga salmoqli hissa qo‘shish imkoniyatiga ega, yanada jipslashgan mintaqaga aylanmoqda.
Vazir iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish hamda jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishni ustuvor yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatdi. U muhim minerallar sohasidagi strategik sheriklikni geologik qidiruv va xomashyoni qayta ishlashdan tortib, mahalliy sanoat klasterlarini yaratishgacha bo‘lgan butun jarayonni qamrab olgan holda rivojlantirishni taklif etdi. Shuningdek, Markaziy Osiyo resurslari va inson kapitalini AQSh texnologiyalari, investitsiyalari hamda tadbirkorlik tajribasi bilan birlashtirish muhimligini ta’kidladi.
Rubio «C5+1» hamkorligi Vashingtonning mintaqa davlatlari bilan yanada yaqin va tinch munosabatlarni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini aks ettirishini bildirdi. Uning aytishicha, Markaziy Osiyo investitsiyalar va eksport uchun katta salohiyatga ega hamda turli mamlakatlarning kelajagi uchun zarur materiallarni yetkazib beruvchi muhim markazga aylanishi mumkin.
Davlat kotibi amaliy hamkorlik yo‘nalishlari sifatida Transkaspiy savdo yo‘lagining transport infratuzilmasini rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega muhim minerallar ta’minot zanjirlarini shakllantirish va minglab yosh mutaxassislarni ilg‘or Amerika texnologiyalari bilan ishlashga tayyorlashni sanab o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bu chora-tadbirlar AQSh va Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirib, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaydi.

Powered by Froala Editor