“Samarqand-2028” koinotga uchishga tayyorlanmoqda

Texnologiya

O‘zbekiston kosmik infratuzilmasini kengaytirish sari qadam qo‘ymoqda: Xitoy bilan hamkorlikda yaratilayotgan “Samarqand-2028” giperspektral sun’iy yo‘ldoshi ustida ish boshlandi.

“Samarqand-2028” koinotga uchishga tayyorlanmoqda
Uzbekkosmos Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi bilan hamkorlikda “Samarqand-2028” nomli giperspektral sun’iy yo‘ldoshni yaratishni boshladi. Loyiha Xitoydagi ishlab chiqarish maydonlarida amalga oshirilmoqda va O‘zbekistonning Yerni masofadan zondlash bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

Sun’iy yo‘ldosh nomi 2028 yilda Samarqandda o‘tadigan Xalqaro astronautika kongressi sharafiga tanlangan bo‘lib, u mintaqadagi eng yirik ilmiy tadbirlardan biri bo‘ladi.

Apparat uchun alohida sun’iy intellekt moduli Uzbekkosmos mutaxassislari tomonidan yaratiladi. Ushbu modul ma’lumotlarni bevosita bortda qayta ishlash imkonini berib, axborot olish tezligi va samaradorligini oshiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing