Samarqand shaxmat tarixidagi eng yirik Olimpiadaga mezbonlik qiladi
Sport
15-sentabr kuni Samarqanddagi Silk Road xalqaro turizm markazida 46-Jahon shaxmat Olimpiadasi boshlanadi. 1927 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan musobaqa tarixida ilk bor Markaziy Osiyo jahon shaxmatidagi eng yirik jamoaviy turnirga mezbonlik qiladi va ishtirokchi jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatiladi.
Olimpiadada 398 ta jamoa — erkaklar (Open) guruhida 208 ta va ayollar guruhida 190 ta jamoa qatnashadi. Bu 2024 yilda Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekorddan yuqori. Musobaqada 240 nafar grossmeysterni o‘z ichiga olgan 1 974 shaxmatchi ishtirok etadi. Murabbiylar va delegatsiyalar bilan birga Samarqand 4 mingdan ortiq mehmonni qabul qiladi. Turnir 11 turdan iborat bo‘lib, 27-sentabrga qadar davom etadi.
10–18-sentabr kunlari Samarqandda shaxmat bo‘yicha 3-Paralimpiada ham o‘tkaziladi. Unda rekord darajadagi 41 jamoa va 196 shaxmatchi, jumladan 150 erkak va 46 ayol ishtirok etadi. Bahslar yetti turdan iborat shveysarcha tizimda o‘tkaziladi.
Erkaklar guruhida o‘rtacha reyting bo‘yicha AQSh birinchi, amaldagi chempion Hindiston ikkinchi, O‘zbekiston uchinchi raqam ostida qatnashadi. AQSh tarkibida Fabiano Karuana, Uesli So, Levon Aronyan va Olimpiadadagi debyutant Hans Niman o‘ynaydi. O‘zbekiston terma jamoasida Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov ishtirok etadi. Sindorov va Abdusattorov dunyoning kuchli o‘n shaxmatchisi qatoridan joy olgan.
Ayollar guruhida Hindiston birinchi raqam ostida start oladi. Qozog‘iston tarkibida Bibisara Asaubayeva, Ukraina birinchi taxtasida esa 16 yoshli Yevropa chempioni Anastasiya Gnatyshin ishtirok etadi.
O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari ilk bor yosh shaxmatchilardan tuzilgan uchta jamoa bilan qatnashadi. 16 yoshli Nilufarxon Imomquziyeva va Humoyun Begmurodov Olimpiadada debyut qiladi. Avval AQSh sharafini himoya qilgan Gulruhbegim Tohirjonova bu safar O‘zbekiston uchun o‘ynaydi.
19–28-sentabr kunlari Samarqandda 200 dan ortiq shaxmat federatsiyasi rahbarlari ishtirokida FIDEning 97-Kongressi bo‘lib o‘tadi. Kongress doirasida FIDE prezidenti saylovi ham o‘tkaziladi.

Powered by Froala Editor