Samarqand sun’iy intellekt loyihalari bellashuviga mezbon bo‘ldi
Texnologiya
Samarqand shahrida National AI Hackathon’ning mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 400 ga yaqin ishtirokchi qatnashib, 48 ta jamoaga birlashgan.
Uch kun davomida 16 yoshdan katta IT-mutaxassislar sun’iy intellektni qo‘llashga oid beshta asosiy yo‘nalish bo‘yicha ishlovchi prototiplar yaratmoqda. Jamoalarga yetakchi IT-kompaniyalar vakillari — tajribali mentorlar yordam bermoqda.
Mintaqaviy bosqich yakunida eng yaxshi besh jamoa finalga yo‘l oladi. Dekabr oyida Toshkentda o‘tkaziladigan grand-finalda ular o‘z loyihalarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
National AI Hackathon istiqbolli AI-loyihalarni aniqlash va raqamli texnologiyalar sohasida yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishga qaratilgan muhim platforma hisoblanadi.

Powered by Froala Editor