Samarqand viloyati sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilib, kelgusi vazifalar belgilandi
O'zbekiston
25-noyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida viloyat jamoatchiligi bilan ko‘rishib turganidan mamnunligini ta’kidlab, erishilgan yutuqlar va hali ishga solinmagan imkoniyatlarga to‘xtaldi.
– O‘zida ko‘p ming yillik tarix va qadriyatlarni mujassam etgan, zamonaviy me’morchilik an’analari asosida kundan-kunga chiroy ochib borayotgan bu ulug‘ zamin dunyo sivilizatsiyasida o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda, – dedi Prezidentimiz.
Xususan, “Boqiy shahar” majmuasi barpo etilgani, 40 dan ziyod muqaddas ziyoratgohlar obod bo‘lgani, “Samarqand” xalqaro aeroporti yangidan qurilgani, o‘nlab xalqaro brend mehmonxonalar ish boshlagani viloyat turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqdi.
Samarqand so‘nggi yillarda siyosiy, iqtisodiy, turizm va biznes markaziga, ko‘plab yirik xalqaro tadbirlar, forum va anjumanlar uchun muloqot maydoniga aylandi.
Shu yilning o‘zida bu yerda 40 dan ortiq nufuzli xalqaro anjuman tashkil etilgani, ayniqsa, yaqinda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilgani chindan ham ulkan voqea bo‘ldi.
Umuman, turizm va unga turdosh sohalarga 1 milliard dollar investitsiya kiritilgani uchun viloyatga sayyohlar oqimi 2016-yilgidan 7 karra o‘sdi, turizm xizmatlarining eksporti 600 million dollarga yetdi.
Bugun viloyat nafaqat turizmdagi, balki sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishdagi ulkan salohiyati bilan investor va tadbirkorlar uchun chinakam jozibador maskanga aylanib bormoqda.
O‘tgan sakkiz yilda viloyatga 12 milliard dollar investitsiya kiritildi, 600 ming doimiy ish o‘rni yaratildi, tadbirkorlar 2 karra ko‘paydi.
Ishlab chiqarish korxonalarining soni 1,5 barobar, sanoat hajmi 1,7 barobar o‘sdi. Yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshgan korxonalar soni 81 taga yetdi. 55 ta davlatdan xorijiy investorlar ish boshladi, chet el ishtirokidagi korxonalar soni 700 taga yaqinlashdi.
Xizmatlar yiliga o‘rtacha 15 foizdan o‘syapti, bu yil servis hajmi 75 trillion so‘mga yetadi.
Shuningdek, 2024-yil va joriy yilning 10 oyida 15 million kvadrat metrli uy-joy va tijorat obyektlari barpo etildi. Samarqandlik quruvchilar respublika bo‘yicha yiliga 4,5 million kvadrat metrli bino-inshootlar quryapti.
Viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 2016-yilda 23 trillion so‘m bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 120 trillion so‘mga yetadi.
Odamlar viloyatda amalga oshirilgan ishlar hisobiga oilasida katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini aytmoqda.
Masalan, o‘tgan davrda 2 trillion so‘mlik 3 ming 200 kilometr ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari qurildi.
– Bir so‘z bilan aytganda, Samarqandni aholi va tadbirkorlar uchun ham, turistlar va investorlar uchun ham jozibador hududga aylantira oldik, – dedi Prezidentimiz.
Respublika tumanlari ichida aholisi eng ko‘p Urgutda 600 mingdan ortiq odam istiqomat qilyapti.
– Urgut tumani uzoq yillardan beri viloyat qishloq xo‘jaligida yetakchi. Adir va toshloq yerda Urgut erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilganimiz, 860 million dollarlik 74 ta loyiha ishga tushgani natijasida Urgut sanoatlashgan hududga aylandi, – dedi davlatimiz rahbari.
Sanoat rivojlanishi savdo va servisga ham katta turtki berdi. Hozir Urgut viloyat sanoatida 3-o‘rinda, servisda esa 4-o‘rinda.
Bugun Urgutda yana bir tarixiy voqea – 55 kilometr temir yo‘l liniyasi ishga tushirildi. Ushbu tarmoqni elektrlashtirish ishlari kelasi yil to‘liq yakuniga yetkaziladi. Bu, avvalo, aholiga yanada qulay sharoit yaratish bilan birga sanoat, qishloq xo‘jaligi va servisda yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
Hududdagi aholi uy-joy, kanalizatsiya, ichimlik suv, maktab, bog‘cha, shifoxona, biznes infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar yechimini anchadan beri kutayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shuning uchun Prezidentimiz Urgut markaziga “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini olib kirib, yurtimizdagi eng zamonaviy va ko‘rkam shaharlardan biriga aylantirish bo‘yicha alohida qarorni imzoladi.
Tumanning Quyi Kamangaron mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududdan 90 gektar qo‘shimcha joy ajratib, zamonaviy urbanistika asosida 100 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy ekoshahar barpo etilishi e’lon qilindi.
Yangi shaharda yo‘l, suv, kanalizatsiya, elektr, maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, tadbirkorlik loyihalari uchun 50 million dollar ajratiladi.
Yangi shaharning 3 gektar maydonida tumanning 35 ta tashkiloti uchun yagona ma’muriy markaz qurib beriladi. Ularning bo‘shagan binolari esa biznes uchun xususiy sektorga taklif qilinadi.
Yana bir yangilik – Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq va Samarqand tumanidagi 17,5 ming gektar hudud Samarqand shahriga qo‘shib beriladi. Buning hisobiga Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 mingga oshadi.
Shu bois, aholisi va daromadi kundan-kunga o‘sib borayotgan Samarqand shahrida zamonaviy uy-joylarga bo‘lgan talabni ta’minlash uchun 3 ta yirik massiv tanlab olindi. Jumladan, “Shirin” massivida 180 ming, “Temir yo‘lorti” hududida 100 ming, “Qorasuv-2” massivida 30 ming aholi uchun 700 dan ortiq zamonaviy ko‘p qavatli uylar barpo etiladi.
Bu yerlarda maktab, bog‘cha, oliygoh va shifoxona, zamonaviy biznes va savdo markazi, mehmonxona va restoran, ko‘ngilochar maskanlar ham quriladi. Ispaniyalik investorlar bilan xususiy sheriklik asosida ushbu 3 ta massivning kanalizatsiya tizimi yangilanadi.
Shaharda yuk transporti harakatini kamaytirish maqsadida Oqdaryo, Toyloq va Samarqand tumanidan o‘tuvchi magistral yo‘l bo‘yida 4 ta logistika markazi barpo etiladi.
Davlatimiz rahbari Urgut misolida imkoniyatlarni tahlil qilib, vazirlar va hokimlar oldiga keyingi yil uchun aniq vazifalarni qo‘ydi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.
– Biz yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, iqtisodiyotni barqaror o‘stirish orqali aholi farovonligini oshirish bo‘yicha katta-katta marra va rejalarni olyapmiz.
Bu ishlarni tashkil qilish uchun viloyatga zamonaviy fikrlaydigan, muammolarni tizimli tahlil qilib, innovatsion yechim bera olishga salohiyatli rahbar kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz Samarqand viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Adiz Boboyev nomzodini tavsiya etdi.
Viloyat faollarining nomzod haqidagi fikrlari tinglangach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Adiz Boboyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
Prezidentimiz yangi hokimga u ish o‘rni yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, investitsiya va eksportni ko‘paytirish, tannarxni kamaytirish hamda energiya tejamkorlikni oshirish bo‘yicha Samarqandni namunali hududga aylantirishi shartligini ko‘rsatib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari mas’ullarning hisobotlari va rejalarini tingladi.

Powered by Froala Editor