Samarqandda AI davrida konstitutsiyaviy odil sudlov masalalari muhokama qilinmoqda
O'zbekiston
Samarqandda Osiyo konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasining (AACC-ASIA) VII Kongressi bo‘lib o‘tmoqda. 1–2 oktabr kunlari o‘tkazilayotgan anjuman raqamlashtirish va sun’iy intellekt sharoitida konstitutsiyaviy odil sudlov masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etmoqda.
Kongressda Konstitutsiyaviy va Oliy sudlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda yetakchi huquqshunos olimlar qatnashmoqda. Forumning asosiy mavzusi — “Raqamlashtirish va sun’iy intellekt sharoitida konstitutsiyaviy odil sudlov”.
Ishtirokchilar raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning jadal rivojlanishi sud tizimi, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini muhokama qilmoqda. Kun tartibida raqamli transformatsiya sharoitida sudyalar mustaqilligi, raqamli muhitda inson huquqlari va konstitutsiyaviy nazoratda sun’iy intellektdan foydalanish masalalari bor.
Shuningdek, AI’dan foydalanishning huquqiy chegaralari, protsessual kafolatlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va sud jarayonlarida yangi texnologiyalardan foydalanishda xolislikni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilmoqda. Konstitutsiyaviy yurisdiksiyalar o‘rtasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilinmoqda.
Kongress O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudining AACC-ASIAga 2025–2027-yillardagi raisligi davrida o‘tkazilmoqda. Tashkilotchilarga ko‘ra, forum global texnologik transformatsiya sharoitida qonun ustuvorligi va inson qadr-qimmatini ta’minlashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kongress ishtirokchilariga murojaat yo‘llab, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalarni inson manfaatlari hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirish zarurligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, umumiy maqsad texnologiyalarni har bir insonning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan vositaga aylantirishdan iborat.
Kongress yakunida Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan. Hujjat raqamli davrda konstitutsiyaviy odil sudlovni rivojlantirish va konstitutsiyaviy yurisdiksiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan umumiy yondashuvlarni aks ettirishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor