Samarqandda Oʻzbekiston va Italiya hududlari forumi ta’sis etiladi
Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Prezidenti Serjo Mattarella bilan “Ko‘ksaroy” qarorgohida ikki tomonlama muzokara o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Italiya hududlari forumi ta’sis etiladi va uning ilk uchrashuvi kelgusi yili Samarqandda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Prezidenti Serjo Mattarellaning “Ko‘ksaroy” qarorgohida boʻlib oʻtgan muzokarasida soʻz bordi.
Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga koʻra, tomonlar Toshkent shahrida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga xizmat qiladigan “Konfindustriya O‘zbekiston” sanoatchilar uyushmasi ochilganini olqishlagan.
Hukumatlararo guruh doirasida mahalliylashtirishning yangi yo‘nalishlari va loyihalari bo‘yicha takliflar tayyorlashga kelishib olingan. Italiya O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga tez fursatda kirishini hamda Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitimning qabul qilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirilgan.
Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish muhimligi qayd etilgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston va Italiya hududlari forumini ta’sis etish va uning ilk uchrashuvini kelgusi yili Samarqandda o‘tkazish taklif qilingan.
Bundan tashqari, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilingan.

Powered by Froala Editor