Samarqandda yosh parlamentariylarning XII global konferensiyasi boshlandi
O'zbekiston
4-sentabr kuni Samarqandda “Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida” mavzusidagi Yosh parlamentariylarning XII global konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Parlamentlararo Ittifoq bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Konferensiyaning ochilish marosimida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yosh parlamentariylarga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi.
Konferensiya doirasida ishtirokchilar dolzarb global muammolar, inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish, adolat tamoyillarini mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yoshlarning roli kabi masalalarni muhokama qiladi.
Yoshlarning qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, parlament faoliyatidagi rolini kuchaytirish va parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Forum doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan III Global forum ham o‘tkaziladi.
Konferensiyaning Samarqandda o‘tkazilishi O‘zbekistonning yoshlar diplomatiyasini rivojlantirish, parlamentlararo muloqotni mustahkamlash va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarini aks ettiradi.
Xalqaro forumda inson huquqlari, adolat, tinchlik va barqaror rivojlanish masalalari yosh avlodning qarorlar qabul qilish hamda parlament faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirish mavzusi bilan uyg‘unlashadi.

Powered by Froala Editor