“Samsung” o'zining ilk uzuk shaklidagi salomatlik ko’rsatkichini taqdim etdi

Texnologiya

Foydalanuvchi aqlli uzuk “Galaxy Ring”ni kun bo‘yi kiyib yurishi va uxlayotgan vaqtida yechmasligi mumkin.

“Samsung” o'zining ilk uzuk shaklidagi salomatlik ko’rsatkichini taqdim etdi
Sanoat tahlilchisi Avi Greengart o‘zining “Threads”ida “Samsung”ning aqlli uzuk prototipi bilan yaqindan tanishganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Galaxy Ring” nihoyatda yengil bo‘lib, foydalanuvchi uni kun bo‘yi kiyib yurishi va uxlayotgan vaqtida yechmasligi mumkin. Greengart qurilmaning vaznini "kulgili darajada" yengil deb ta'rifladi.

Maʼlumotlarga koʻra, qurilma uchta o'lchamda, jumladan 13-o'lchamda chiqariladi. Tahlilchi Amerika o'lchamlari jadvaliga ishora qilgan bo'lsa, unda 13-o'lchamdagi uzuklarning ichki diametri, aftidan, 0,874 dyuym yoki 22,20 mm.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, uzukdan salomatlik, farovonlik va uyqu ko‘rsatkichlarini kuzatish mumkin. Ko'p jihatdan, u bozordagi boshqa aqlli uzuklarni, masalan, “Oura”ni eslatadi. Hozircha aqlli aksessuarning sotuvga chiqarilgan sanasi va narxi oshkor etilmadi, ammo Greengart “Galaxy Ring” shu yilning oxirida sotuvga chiqishini va’da qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing