Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi

Siyosat

U 2018-2023-yillarda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 45 yoshli diplomat siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi
25-yanvar kuni O‘zbekistonning Hindistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboyev Dehli shahriga bordi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar bermoqda.

45 yoshli diplomat Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, London universitetining (Buyuk Britaniya) Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabi, O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Tashqi ishlar vazirligi tizimida 2000-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda attashedan tortib bo'lim boshlig'igacha bo'lgan turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi va Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatida ishlagan. 2018-2023-yillarda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.

Sardor Rustamboyev 2020–2023-yillarda Dehlidagi elchixonaga rahbarlik qilgan va 2023-yil sentyabr oyida O'zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlangan Dilshod Ahatov o'rniga tayinlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing