Senat bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, oziq-ovqat xavfsizligi va uyushgan jinoyatchilik uchun javobgarlikni kuchaytirdi
O'zbekiston
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati bolalarni himoya qilishni kuchaytirish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, mehnat sohasida kamsitishning oldini olish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan qator qonunlarni ma’qulladi. Tegishli hujjatlar parlament yuqori palatasining 20-yalpi majlisida ko‘rib chiqildi.
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya va Mehnat kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda qator qonunlarga o‘zgartirishlar kiritadi.
14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda. Ushbu toifadagi jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlari qo‘llanilmaydi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etgan shaxs shartli hukm qilinmaydi va muddatidan ilgari shartli ozod etilmaydi.
Bolani sud va tergov jarayonida takroriy ruhiy jarohatlanishdan himoya qilish maqsadida zo‘ravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish videoga qayd etiladi. Jabrlanuvchi bola va ayblanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirish faqat vakolatli mansabdor shaxs yoki sudning tegishli qarori asosida o‘tkaziladi. Ish yuritish boshlanganidan boshlab bolaga davlat hisobidan advokat taqdim etiladi. Shuningdek, ta’lim va tarbiya muassasalari xodimi bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan taqdirda mehnat shartnomasini bekor qilish imkoniyati belgilanmoqda.
Boshqa qonun yaroqlilik muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotuvga qabul qilish va realizatsiya qilish, shuningdek ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan, biroq bu ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan mahsulotlar uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytiradi.
Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlar mehnat va mashg‘ulotlar sohasida jinsiy ta’qibni taqiqlaydi. «Teri rangi» va «siyosiy qarashlar» ham mehnat sohasidagi kamsitish belgilari qatoriga kiritilmoqda.
Senatorlar uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha javobgarlikni ham kuchaytirdi. Jinoyat kodeksiga jinoiy tashkilot faoliyatini moliyalashtirish, uni tashkil etish, shuningdek hokimiyat yoki mansab vakolatidan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni yashirishga yordam berish va undash uchun javobgarlik kiritilmoqda. Uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bezorilik hamda og‘ir tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Jangovar sport turlari bo‘yicha noqonuniy musobaqalarni tashkil etish yoki o‘tkazish uchun jinoiy, ularda ishtirok etish uchun esa ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Muhokamalar yakunida barcha to‘rtta qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Powered by Froala Editor