Senat va «Rivojlanish strategiyasi» markazi memorandum imzoladi

O'zbekiston

Parlament nazoratini kuchaytirish va qonun chiqarish sifatini oshirish maqsadida, Oliy Majlis Senati qo‘mitasi va «Rivojlanish strategiyasi» markazi hamkorlik memorandumi imzoladi. Ilmiy-analitik yordam, normativ hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va xalqaro tajriba almashinuvi yangi hamkorlik asosini tashkil etadi.

Senat va «Rivojlanish strategiyasi» markazi memorandum imzoladi
27 mart kuni Oliy Majlis Senati Xalqaro aloqalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi va «Rivojlanish strategiyasi» markazi hamkorlik memorandumi imzoladi.

Hujjat parlament nazoratining ilmiy-metodik bazasini mustahkamlash va qonunchilik jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida analitik materiallar tayyorlash, normativ hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi va davlat dasturlarini baholash rejalashtirilgan.

E’tibor investitsiya, turizm va xalqaro aloqalarga qaratiladi. Ilmiy yondashuvni keng joriy etish, dasturlarni monitoring qilish va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish rejalashtirilgan.

Shuningdek, memorandum ijtimoiy nazoratni kuchaytirishni nazarda tutadi: ekspertlar va fuqarolik jamiyati institutlari konferensiyalar, «doyrali stol» va ochiq munozaralarda faol ishtirok etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing