Seulda O‘zbekiston elchisi kubogi uchun o‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi
Sport
Seulda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan o‘zbek kurashi bo‘yicha O‘zbekiston elchisi kubogi uchun ikkinchi turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqa ilk bor xalqaro formatda o‘tkazilib, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston sportchilarini birlashtirdi.
Turnirda Janubiy Koreyaning turli shahar va viloyatlaridan qariyb 200 nafar sportchi qatnashdi. Mamlakatda yashab, tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ham musobaqalarda faol ishtirok etdi. Ular kurash orqali O‘zbekistonning madaniyati va an’analarini namoyish etdi.
Ochilish marosimida O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov kurashning o‘zbek xalqi tarixidagi ahamiyatini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kurash asrlar davomida xalqning ma’naviy merosida alohida o‘rin egallab kelgan. Bugungi kunda ushbu sport turi 130 dan ortiq mamlakatda ommalashgan va xalqaro sport maydonidagi mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.
Koreya Kurash federatsiyasi prezidenti Bae Hyeong Shik Elchi kubogi nafaqat sport tadbiri, balki O‘zbekiston madaniyati va qadriyatlarini targ‘ib qilish vositasi ekanini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, kurash faqat musobaqa emas, balki tinchlik, intizom, odob va o‘zaro hurmat maktabidir.
Turnir yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston elchixonasi va Koreya Kurash federatsiyasi keyingi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi. Tomonlar Janubiy Koreyada o‘zbek kurashini yanada ommalashtirish, milliy turnirlar, chempionatlar va Elchi kubogini muntazam o‘tkazish, kurash seksiyalari sonini ko‘paytirish hamda murabbiylar malakasini oshirishni rejalashtirmoqda.
Janubiy Koreyaning «Djournal» internet nashri turnirga nafaqat sport sohasi, balki madaniyat va turizm vakillari tomonidan ham qiziqish bildirilganini qayd etdi. Nashr bahosiga ko‘ra, Elchi kubogining o‘tkazilishi O‘zbekistonning madaniy merosini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va sport orqali xalqlar do‘stligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir o‘zbek milliy taomlari va an’anaviy raqslar taqdimoti bilan yakunlandi. Ishtirokchilar va mehmonlar O‘zbekiston madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Powered by Froala Editor