Shavkat Mirziyoyev Li Syanni Oʻzbekistonga taklif qildi

Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifini XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuvdan boshladi.

Shavkat Mirziyoyev Li Syanni Oʻzbekistonga taklif qildi
Xalq yig‘inlari uyida o‘tgan uchrashuvda ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

"O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 50 foizga oshib, rekord ko‘rsatkich – 14 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkichni, shu jumladan yuqori sifatli sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish hisobiga 20 milliard dollarga yetkazish uchun salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Xitoydan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 14 milliard dollardan oshdi", deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Uchrashuvda Xitoyning yetakchi bank-moliya institutlari bilan amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda Xitoy kompaniyalarining mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishi istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Xitoyda shu kunlarda ta’lim forumi va O‘zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani qayd etildi. Tomonlar aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Yakunda Prezident Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi Bosh vazirini tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing