Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Pekinga bordi
Siyosat
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Shoudu” xalqaro aerportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga bordi.
O‘zbekiston rahbarini XXR madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 24-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar hamda Xitoyning rasmiy shaxslari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Powered by Froala Editor