Sindarov jahon şahmat tacı uğrunidagi maçdan oldin AQŞda turnirda qatnaşadi

Sport

Özbekistonlik qrossmeyster Javohir Sindarov 27–29 oktabr kunlari AQŞning Sent-Luis şahrida ötkaziladigan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turnirida qatnaşadi. Musobaqa uning hindistonlik Gukeş Dommarajuğa qarşi jahon çempionligi unvoni uçun ötkaziladigan maç oldidan son yirik sınovi böladi.

Sindarov jahon şahmat tacı uğrunidagi maçdan oldin AQŞda turnirda qatnaşadi
Turnir St. Louis Chess Clubda ötkaziladi. Unda dört qrossmeyster — Sindarov, amerikaliklar Hikaru Nakamura va Fabiano Caruana, şuningdek, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaa iştirok etadi. Har bir şaxmatchi tezkor şahmat formatida 18 ta partiya öynaydi: har kuni oltitadan.

Har bir iştirokçi üç raqibining har biri bilan kun davomida ikki martadan, oq va qora donalarda öynaydi. Har bir partiya uçun 10 daqiqa vaqt ajratiladi, har bir yurishdan keyin esa yana besh soniya qöşiladi.

Turnirning öziga xos jihati — ğalaba uçun beriladigan ochkolar qiymatining kun sayin ortib borişi. Birinçi kuni ğalaba bir ochko, ikkinçi kuni ikki ochko, oxirgi kuni esa üç ochko keltiradi. Durrang uçun tegishli ravishda yarim ochko, bir ochko va bir ochko beriladi. Bu tizim yakuniy kun natijalarining ahamiyatini oşiradi, çünki bir ğalaba turnir jadvalidagi vaziyatni sezilarli özgartirishi mumkin.

Asosiy sovrinlardan taşqari, ğalaba qozonilgan partiyalar uçun pul mukofotlari ham belgilangan: 27 oktabrda 1 ming dollar, 28 oktabrda 2 ming dollar va 29 oktabrda 3 ming dollar. Turnirning umumiy sovrin jamğarmasi 425 ming dollarni taşkil etadi. Ğolib 125 ming dollar, ikkinçi örin sohibi 94 ming dollar, üçünçi örin egasi 72 ming dollar, törtinçi iştirokçi esa 62 ming dollar oladi.

Dastlabki partiyalar 27 oktabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da boşlanadi. Bu musobaqa Sindarovga kuchli raqiblar bilan belləşib, mavsumning eng muhim maçiga tayyorgarligini baholaş imkonini beradi.

Jahon çempionligi uçun Gukeş Dommarajuga qarşi maç Jenevada 22 noyabrdan 13 dekabrgacha ötkazilişi rejalashtirilgan. AQŞdagi turnir özbekistonlik qrossmeysterga jahon toji uçun kurash oldidan qöşimça tajriba va amaliyot beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing