Sino AI tibbiy AI yechimlari bilan Ozarbayjon bozoriga chiqdi
Texnologiya
O‘zbekiston HealthTech yechimlari xorijiy bozorlardagi ishtirokini kengaytirmoqda: Sino AI startapi Ozarbayjon bozoriga chiqib, sog‘liqni saqlash sohasidagi AI platformasini joriy etadi.
IT Park Uzbekistan rezidenti Sino AI Technologies Ozarbayjonning Kepez Hospital brendi ostida faoliyat yurituvchi Baku Med Travel kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Sino AI mahsuloti bemorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish va murojaatlarni boshqarishda qo‘llaniladi.
Sun’iy intellekt asosidagi platforma klinik AI-triaj, bemorlarni yo‘naltirish hamda tibbiyot muassasalari va laboratoriyalar bilan integratsiyani yagona tizimda birlashtiradi. Yechim jarayonlarni avtomatlashtirish va bemorlar bilan ishlash sifatini oshirish imkonini beradi.
Kompaniya, shuningdek, shaxsiylashtirilgan AI-tibbiy assistentni rivojlantirmoqda. Sino AI kelgusida Markaziy Osiyo, MDH va MENA mintaqalarida faoliyatini kengaytirishni rejalashtirgan.

Powered by Froala Editor