Chet elga turistik maqsadlarda ketgan o‘zbekistonliklar soni 37,2 foizga oshdi
O'zbekiston
2024 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasidan turistik maqsadlarda chet elga chiqqan fuqarolar soni sezilarli darajada o‘sdi. Statistika agentligining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu davrda 4,06 million nafar o‘zbekistonlik xorijiy safarlarga borgan.
Bu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 million nafarga ko‘p bo‘lib, 37,2 foiz o‘sish qayd etildi. Turistlarning aksariyati qo‘shni davlatlarga safar qilgan bo‘lib, Qirg‘iz Respublikasi 1,91 million sayyoh bilan yetakchilik qilmoqda.
Tojikiston (797,6 ming nafar) va Qozog‘iston (640,2 ming nafar) ham sayohatlar bo‘yicha yetakchi yo‘nalishlar qatorida. Shuningdek, Rossiya va Turkiya ham o‘zbekistonliklar tomonidan mashhur manzillar sifatida qolmoqda.

Powered by Froala Editor