Space Technology Conference 2026 boshlandi
Texnologiya
Toshkentda Space Technology Conference 2026 xalqaro konferensiyasi boshlandi. Unda o‘nlab mamlakat vakillari kosmik soha istiqbollari va hamkorlikni muhokama qilmoqda.
O‘zbekiston poytaxtida Space Technology Conference 2026 xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Unda kosmik soha bo‘yicha davlat va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirda Ozarbayjon, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Turkiya va BAA delegatsiyalari, shuningdek 24 homiy va 32 davlatdan 400 ga yaqin delegat qatnashmoqda.
Muhokamalarning asosiy yo‘nalishi Markaziy Yevrosiyo kosmik ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan. Ishtirokchilar xalqaro hamkorlikni kengaytirish, texnologiyalar almashinuvi va qo‘shma loyihalarni muhokama qilmoqda.
Konferensiya yangi tashabbuslarni ilgari surish va hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor