Srechko Katanes: "Biz faqat g‘alaba uchun kurashamiz"

Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes JCh-2026 saralashining 3-bosqichi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa g‘alabaga erishish uchun bor kuchini sarflaydi.

Srechko Katanes: "Biz faqat g‘alaba uchun kurashamiz"
Katanesning aytishicha, barcha futbolchilar o‘yinga to‘liq tayyor va jamoa bir necha yillik hamkorlik natijasida aniq bir ritmga tushgan. Murabbiy yigitlarning maydondagi harakatlaridan qoniqqanligini bildirdi va ularning o‘yin jarayonida nimani qilishlari kerakligini yaxshi bilishlarini ta’kidladi.

Shuningdek, Katanes jamoaning Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaganligi ularga qo‘shimcha bosim o‘tkazishi mumkinligini ham qayd etdi. Biroq, u ertangi o‘yinda terma jamoa o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga intilishini va asta-sekinlik bilan JCh sari qadam tashlashini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing