Sud Apple kompaniyasini taktil texnologiya patentlarini buzganlik uchun $5,72 mlrd to‘lashga majbur qildi
Texnologiya
San-Diegodagi federal hay’at Apple kompaniyasini Taction Technology’ning taktil aloqa texnologiyasiga oid ikki patentini buzgan deb topdi. Kompensatsiya miqdori $5 721 961 750 etib belgilandi, biroq hay’at patent buzilishi qasddan sodir etilgan degan xulosaga kelmadi.
Nizo iPhone va Apple Watch qurilmalarida vibratsion javobni ta’minlaydigan Taptic Engine tizimi bilan bog‘liq. Taction Technology 2021-yilda Apple kompaniyasiga qarshi da’vo kiritib, uning patentlangan ishlanmalaridan litsenziyasiz foydalanilganini bildirgan. Ish Kaliforniyaning Janubiy okrugi bo‘yicha AQSh okrug sudida ko‘rib chiqildi.
2026-yil sentabridagi sud jarayonida hay’at Apple’ni №10 659 885 va №10 820 117 patentlarining ayrim talablarini buzgan deb topdi. Shu bilan birga, buzilish qasddan amalga oshirilganini tasdiqlamadi.
2023-yilda sud Apple foydasiga qaror chiqargan edi. Biroq 2025-yilda AQSh Federal apellyatsiya sudi ushbu qarorni bekor qilib, ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yubordi. Shundan so‘ng nizo yangi sud jarayoniga yetib bordi.
Apple sud qaroriga rozi emasligini bildirdi. Kompaniya Taptic Engine Taction texnologiyasidan «tubdan farq qilishini» va Apple uning ishlanmalaridan foydalanmasligini ta’kidladi. Apple qaror ustidan shikoyat qilishini ma’lum qildi. Taction vakili esa hay’at qaroridan mamnunligini va u kompaniyaning patent huquqlarini tasdiqlaganini aytdi.

Powered by Froala Editor