Sud Meta kompaniyasini bolalar ruhiy salomatligiga yetkazilgan zarar uchun 567 mln dollar to‘lashga majbur qildi
Biznes
Nyu-Meksiko shtati sudi Meta kompaniyasini Facebook va Instagram platformalari bolalar hamda o‘smirlarning ruhiy salomatligiga yetkazgan zarar bo‘yicha 567 million dollar miqdorida kompensatsiya to‘lashga majbur qildi. Ushbu qaror avval hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan 375 million dollarlik jarimaga qo‘shimcha hisoblanadi.
Sudya Brian Biedscheid qaroriga ko‘ra, mablag‘ning 420 million dollari jabrlangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga, qolgan qismi esa o‘qituvchilar va sog‘liqni saqlash xodimlarini ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta'siriga qarshi ishlash bo‘yicha tayyorlashga yo‘naltiriladi.
Sud Meta'ga voyaga yetmagan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha himoya choralarini joriy etishni ham buyurdi. Jumladan, bolalar akkauntlarida "layk"lar sonini yashirish, tungi va o‘quv vaqtlarida push-xabarnomalarni yubormaslik hamda kattalarga bolalar va o‘smirlar akkauntlarini tavsiya qiluvchi algoritmlarni cheklash talab etildi.
Nyu-Meksiko bosh prokurori Raul Torrez qarorni ota-onalar va bolalar uchun muhim yutuq deb baholadi. Meta esa sud qarori ustidan shikoyat qilishini bildirib, platformalar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirishini ma'lum qildi.
Mazkur da'vo 2023 yilda Nyu-Meksiko prokuraturasi tomonidan kiritilgan. Ayni paytda Meta'ga qarshi shunga o‘xshash da'volar AQShning boshqa shtatlarida ham ko‘rib chiqilmoqda.

Powered by Froala Editor