Sukerberg Meta’ning 8 ming xodimini bo‘shatdi va yalpi nazoratni yo‘lga qo‘ydi
Biznes
Meta rahbari Mark Sukerberg sun’iy intellektni rivojlantirishga butkul e’tibor qaratish maqsadida korporatsiya shtatining o‘n foizini keskin qisqartirishini e’lon qildi. IT-mutaxassislarning ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilishi ichki janjallar, ofislardagi noroziliklar va qolgan xodimlarni misli ko‘rilmagan darajada kuzatish tizimining joriy etilishi bilan birga kechmoqda.
The New York Times va Bloomberg nashrlarining xabar berishicha, Mark Sukerberg Meta’ning qariyb 8 ming xodimini (shtatning 10 foizi) ishdan bo‘shatdi. Yana 7 ming kishi sun’iy intellekt yo‘nalishlariga o‘tkaziladi. Asosan muhandislar va mahsulot ishlab chiquvchi jamoalarga zarba bergan ushbu qisqartirishlar sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritilganidan so‘ng amalga oshirildi.
Bildirishnomalar tonggi soat 4 da jo‘natilgan, xodimlardan esa uydan ishlash so‘ralgan. Kompaniya ofislarida yangi strategiya va yalpi nazoratga qarshi varaqalar paydo bo‘ldi. Ushbu nazorat tizimi sun’iy intellektni o‘qitish uchun ekranlarni skrinshot qiladi, sichqoncha harakati va tugmalar bosilishini kuzatib boradi. Ishdan bo‘shatilganlarga 16 haftalik asosiy ish haqi to‘lanadi va tibbiy sug‘urtasi saqlab qolinadi. Sukerberg aloqa sifatini yaxshilashga va’da berdi va joriy yilda boshqa ommaviy qisqartirishlar kutilmayotganini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor