Sun'iy intellekt ustidan nazorat yo’qotilishi hech gap emas

Texnologiya

Bu haqda Luisvil universiteti (AQSh) olimi Roman Yampolskiy ma’lum qildi.

Sun'iy intellekt ustidan nazorat yo’qotilishi hech gap emas
Olim o‘zining “Sun'iy intellekt: tushuntirib bo‘lmaydigan, oldindan aytib bo‘lmaydigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan” nomli kitobida insoniyat yangi texnologiyalarni cheklovsiz ishlab chiqishda davom etsa, ular ustidan nazoratni yo‘qotish xavfi kuchayishini ta’kidlagan. Yampolskiy hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo'lgan potensial muammoga ro’baro’ kelayotganimizni ta'kidladi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, biz sun'iy intellektning harakatlarini to'liq tushuntira olishimizga ishonish yaramaydi, chunki "aqlli dasturiy ta'minotni yaratish qobiliyatimiz uni boshqarish qobiliyatimizdan ancha ustundir". Olim sun'iy intellekt insonlar kutmagan tarzda ish tutishi mumkinligini ta’kidlab, uning to'liq mustaqilligi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Yampolskiyning ta'kidlashicha, agar biz sun'iy intellektdan javoblarni tushuntirishsiz qabul qilishga odatlanib qolsak, u noto'g'ri yoki bizni boshqaradigan tarzda javob bermasligini kafolatlay olmaymiz. Uning fikriga ko'ra, olimlar yuqori darajada rivojlangan sun'iy intellektni rivojlantirish va xavfsizlikni ta'minlash o'rtasida muvozanatni saqlashlari darkor. Mutaxassis odamlarga sun'iy intellektning har qanday harakatlari yoki qarorlarini bekor qilish imkoniyati berilishi kerak degan xulosaga keldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing