Suriya jangarilari Halab shahriga yetib borgan

Dunyo

Reuters ma'lumotlariga ko'ra, Suriya hukumat kuchlari Halab shahriga kirish yo'llari va aeroportni yopib qo'ygan.

Suriya jangarilari Halab shahriga yetib borgan
Suriya inson huquqlari bo'yicha kuzatuv kengashi xabar berishicha, "Xay'at Tahrir ash-Sham" guruhi rahbarligidagi jangarilar shaharning kamida, yarmidan ko‘pini nazoratga olgan va Suriya hukumat qo‘shinlari shahardan deyarli qarshiliksiz chiqib ketgan.

Reutersning harbiy manbalariga ko‘ra, Suriya hukumati, qo‘zg‘olonchilar hujumi fonida, Halabning aeroporti va shaharga olib boruvchi yo‘llarni yopgan. Moskva esa, Asad hukumatiga qo‘shimcha harbiy yordam berish uchun 72 soat vaqt ajratgan. Hozirda hukumat qo‘shinlariga shaharning asosiy hududlaridan chekinish buyurilgan.

"Meduza" Halabdan tarqatilgan videolarni tahlil qilib, ularni islomchilarning ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirganini aniqladi. Video materiallarga ko‘ra, jangarilar shaharning markaziy va g‘arbiy qismiga, shu jumladan qal'aga ham egalar. "BBC" jurnalistlari ham, qo‘zg‘olonchilarning tarqatgan videolari Halabda suratga olinganligini tasdiqladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing