Suriyadagi qamoqdan amerikalik "ziyoratchi" ozod qilindi

Dunyo

29 yoshli amerikalik Trevis Timmerman Suriyada hibsga olingan edi, ammo AQSh harbiylari aralashuvi bilan u qamoqdan ozod etilib, mamlakatni tark etdi. AQSh rasmiylarining ma'lum qilishicha, evakuatsiya operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tgan va hozirda Timmerman xavfsiz joyda.

Suriyadagi qamoqdan amerikalik "ziyoratchi" ozod qilindi
Timmerman yetti oy oldin “ruhiy sabablarga ko‘ra” ziyorat maqsadida Suriyaga yo‘l olgan edi. Ammo uning sayohati qamoqqa olinishi bilan yakunlandi. Timmerman yo‘qolgach, bu voqea sirdan iborat bo‘lib qoldi: uni oxirgi marta avgust oyida Budapeshtda ko‘rishgan, shundan so‘ng uning qidiruvi Vengriya politsiyasi va Missuri shtati rasmiylari tomonidan boshlangan.

Bashar Asad rejimi ag‘darilgandan keyin Timmerman Damashqdagi qamoqda topildi. U o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik qilinmaganini, lekin boshqa mahbuslarning qichqiriqlarini eshitganini aytdi. Dastlab u AQSh rasmiylari bilan muloqot qilishdan bosh tortgan, ammo keyinchalik evakuatsiyaga rozi bo‘ldi.

Ba’zi mahalliy jurnalistlar Timmermanni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Suriyada bedarak yo‘qolgan amerikalik jurnalist Ostin Tays deb o‘ylashdi. Biroq bu taxmin noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi — Taysning taqdiri hanuz noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing