Talabalarga Yangi O‘quv Yilida Yotoqxona Topish Muammo Bo‘lmaydi

O'zbekiston

Yangi o‘quv yili yaqinlashar ekan, uzoqdan qatnaydigan talabalar uchun turarjoy topish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Biroq, Qarshi davlat universiteti bu borada ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi, deya xabar bermoqda UzA.

Talabalarga Yangi O‘quv Yilida Yotoqxona Topish Muammo Bo‘lmaydi
Bugungi kunda universitetning 10 ta talabalar turarjoyi mavjud bo‘lib, 3 ming 38 o‘rin bilan talabalarning turarjoyga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish imkonini bermoqda. Bu esa talabalar uchun katta qulaylik yaratmoqda.

Shuningdek, universitet darvozasi oldida tashkil etilgan “Talabalar turarjoylari va ijara xonadonlari” ma’lumot markazi orqali talabalar o‘z yotoqxona va ijara xonadoni bilan bog‘liq muammolarini tezkorlik bilan hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Universitet rahbariyati tomonidan talabalar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida rasmiy saytida Qarshi shahridagi maqbul sharoitlarga ega ijara xonadonlarning ro‘yxati ham e’lon qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing