Tarix oldidagi burchimiz G‘azoda qabih qirg‘inlarni qo‘llab-quvvatlayotganlarning jinoyatlarini fosh etishdir – Erdo‘g‘an

Dunyo

Turkiya Prezidenti Falastindagi vaziyatga izoh berdi.

Tarix oldidagi burchimiz G‘azoda qabih qirg‘inlarni qo‘llab-quvvatlayotganlarning jinoyatlarini fosh etishdir – Erdo‘g‘an
G‘azo sektorida butun dunyo jamoatchiligi ko‘z o‘ngida tinch aholiga qarshi qirg‘in qilinishiga zudlik bilan chek qo‘yish kerak. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatning Rize viloyatida qilgan chiqishida aytdi.

“Falastinlik birodarlarimizni Isroil zulmidan qutqarish va butun dunyo oldida G’azo sektorida amalga oshirilayotgan qirg’inlarni to’xtatish bizning burchimizdir”, dedi Turkiya rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Falastinning tinch aholisiga yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur sa’y-harakatlarni davom ettiradi.

"Biz G'azodagi birodarlarimizni hech qachon boshpanasiz, yordamsiz va yolg'iz qoldirmaymiz... Tarix oldidagi burchimiz G‘azo sektorida axloqsiz, vijdonsiz va qabih qirg‘inlarni amalga oshirayotganlarni qo‘llab-quvvatlayotganlarning jinoyatlarini fosh etishdan iborat”, dedi Prezident.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing