Tarixda birinchi marta FIA 2024 konferensiyasi Markaziy Osiyoda — Samarqand shahrida bo'lib o'tadi

Sport

Konferensiya 2024-yil 10–13-iyun kunlari O‘zbekistonning muhtasham Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Sport vazirligining matbuot xizmati.

Tarixda birinchi marta FIA 2024 konferensiyasi Markaziy Osiyoda — Samarqand shahrida bo'lib o'tadi
Konferentsiya doirasida FIA 2024ning navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi bo'lib o'tadi, chunki bu yilgi Bosh Assambleya FIAning 120 yilligiga bag'ishlangan.

Ma’lum qilinishicha, tadbir “Ipak yoʻli” turistik majmuasining kongress markazida boʻlib oʻtadi, unda 147 mamlakatdan 500 dan ortiq prezidentlar, klublar/federatsiyalar va assotsiatsiyalar delegatlari yigʻiladi.

Shuningdek, avtosalon va slalom Kartingi bo'yicha musobaqalarning 4 bosqichi o’tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu chempionat yakunlari bo'yicha Ispaniyaning Valensiya shahrida bo'lib o'tadigan FIA MOTORSPORT GAMES 2024 avtosport Olimpiadasida ishtirok etish uchun avtosport bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga tanlov o'tkaziladi.

FIA — Xalqaro avtomobil federatsiyasi (Fédération Internationale de l'Automobile) 1904-yilda tashkil etilgan. Besh qit'aning 147 mamlakati a'zo bo'lgan Federatsiya global avtosportni boshqaruvchi organi va dunyodagi yetakchi mobillik tashkilotlari federatsiyasi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing