TDT Iqtisodiyot va savdo vazirlarining 12-yig'ilishi

Iqtisodiyot

Turkiy davlatlar tashkiloti iqtisodiyot va savdo vazirlarining 12-yig'ilishi va turkiy dunyo biznes-forumi 2023-yil 14-sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tdi.

TDT Iqtisodiyot va savdo vazirlarining 12-yig'ilishi
Vazirlar uchrashuvini Turkiya Respublikasi savdo vaziri professor doktor Omer Bolat o'tkazdi, unda TDTga a'zo mamlakatlar iqtisodiyot va savdo vazirlari, vazir o'rinbosarlari va kuzatuvchilar ishtirok etdilar.

Vazirlar kun tartibidagi quyidagi masalalar bo'yicha muhokamalar o'tkazdilar:

Turkiy davlatlar tashkilotining 2023-2024 yillarga mo'ljallangan savdo tartib-taomillarini soddalashtirish qo'mitasi ish rejasi;
TDTga a'zo davlatlar o'rtasida "xizmatlar va investitsiyalar bo'yicha erkin savdo shartnomasi" ni tuzish bo'yicha yo'l xaritasi,
TDTga a'zo davlatlar o'rtasida "raqamli iqtisodiyot bo'yicha sheriklik shartnomalari" loyihasi;
TDTga a'zo mamlakatlarda "turkiy savdo uylari" loyihasini amalga oshirish;
TURANSEZ - Turon maxsus iqtisodiy zonasini tashkil etish to'g'risidagi konseptsiya va boshqalar.
14 sentyabr kuni tushdan keyin TDT iqtisodiyot va savdo vazirlari, SSP tashkilotlar rahbarlari, yuqori martabali amaldorlar, a'zo davlatlar ekspertlari va ishbilarmonlari hamda kuzatuvchilari ishtirokida "Turkiy dunyo biznes forumi"ni o’tkazdilar. Forum dasturidan vazirlarning nutqlari, shuningdek turli sessiyalar va B2B uchrashuvlar joy oldi.

Vazirlar, shuningdek, 2023-yil 15-sentabr kuni Istanbulda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an boshchiligida bo'lib o'tadigan 10-jahon Turkiya biznes kengashida so'zga chiqadilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing