Telegram Rossiyada blokirovkaga moslashadi
Texnologiya
Rossiyada Telegramning qayta bloklanishi ortidan, ilovaning yaratuvchisi Pavel Durov tarmoqni «aniqlash va bloklashni qiyinlashtirish» uchun moslashtirishni va'da qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, millionlab rossiyaliklar VPN orqali ilovadan foydalanishda davom etmoqda va har kuni millionlab xabarlar yuborilmoqda.
Durov o‘z ijtimoiy tarmoqlarida shunday yozdi: «Raqamli qarshilikka xush kelibsiz, mening rossiyalik birodar va opa-singillarim. Hozir butun millat bu ahmoqona cheklovlarni aylanib o‘tish uchun safarbar bo‘ldi».
U shuningdek, bir necha yil avval Eron ham Telegramni bloklaganini va natija Rossiyadagi holatga o‘xshash bo‘lganini ta'kidladi. Durovning ma’lumotlariga ko‘ra, 65 million rossiyalik har kuni VPN orqali Telegramdan foydalanadi, 50 milliondan ortig‘i xabar yuboradi.
Oldinroq Rossiya banklarida keng ko‘lamli nosozliklar kuzatildi. Forbes nashri, bunga internet blokirovkalari sabab bo‘lishi mumkinligini bildiradi.

Powered by Froala Editor