Temur Kаpadze — “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, Abbosbek Fayzullayev – "O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi"
Sport
Bugun, 14 dekabr kuni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot Kongressi o'tkazildi. Tadbirda OFA prezidenti Abdusalom Azizov va Milliy olimpiya qo'mitasi birinchi vitse-prezidenti Otabek Umarov ham ishtirok etishdi. Kongressda yilning eng yaxshi futbolchilari va murabbiylari taqdirlandi.
Yuriy Sarkisyan - "Futbolimiz nuroniyasi" sovrini bilan taqdirlandi
Milliy futbol faxriysi, murabbiy sifatida 5 karra O'zbekiston chempioni, 9 karra kumush medali sohibi, 2 karra O'zbekiston kubogi g'olibi, Farg'onaning "Neftchi" jamoasi afsonasi, ayni kundalikda muborak 77 yoshni qarshi olgan Yuriy Sarkisyanga "Futbolimiz nuroniyasi" sovrini topshirildi.
MuhammadYusuf Sobirov - "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi"
Bir necha yillardan buyon o'smirlar va yoshlar terma jamoalari darvozasini mustahkam himoya qilib kelayotgan, joriy yilda So'gdiyona jamoasida ham ishonchli o'yinlar ko'rsatgan yosh futbolchi MuhammadYusuf Sobirov — "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" deb topildi.
Temur Kapadze - “Yilning eng yaxshi murabbiyi”
Ilk marotaba Olimpiada yo'lanmasini qo'lga kiritib, jamoasi bilan birgalikda tarixiy natija qayd etgan O'zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze — “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topildi.
Abbosbek Fayzullayev – O'zbekistonning 2024 yilidagi eng yaxshi futbolchisi
Abbosbek ketma-ket ikkinchi yil mamlakatda tengsiz futbolchi deb topildi. Uning jamoasiga bo'lgan hissasi va o'zining individual o'yinlari yuqori baholandi. Fayzullayevning o'tgan yil davomida erishgan yutuqlari va futbol maydonidagi ishonchli o'yini mamlakatimiz futboli uchun katta ahamiyatga ega.
Bu yilgi taqdirlash marosimi, O'zbekistonda futbolning rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan barcha sportchilarga e'tirof etildi va ular uchun muhim rag'bat bo'ldi.

Powered by Froala Editor