Oʻzbekistonda 2023-yilgi venchur bitimlarining summasi $6 milliondan oshdi

Iqtisodiyot

O'zbekistonda 2023-yilgi venchur bitimlari summasi 2022-yildagi ko'rsatkichdan ikki baravar oshib, 6 million dollardan oshdi. Buni Rise Research’ning 2024-yil 14-martdagi natijalari tasdiqlaydi.

Oʻzbekistonda 2023-yilgi venchur bitimlarining summasi $6 milliondan oshdi
Olingan ma’lumotlarga koʻra, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi venchur bozori tez sur’atlarda rivojlanmoqda. 2023-yilda mintaqadagi venchur bitimlarining umumiy miqdori $110 milliondan oshdi.

"Bizning tadqiqotimiz shuni koʻrsatdiki, soʻnggi besh yil ichida Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida venchur kapital moliyalashtirish hajmi 5,5 baravar oʻsdi va 2023-yilda bitimlar hajmi $110 milliondan oshdi. Biroq, ekotizim kichikligicha qolmoqda, bu esa qoʻshimcha investitsiyalar uchun katta imkoniyatlar borligidan dalolat beradi. Rivojlanish toʻsiqlaridan biri — bu mintaqada ishonchli ma’lumotlarning yetishmasligi. RISE Research’dagi maqsadimiz investorlar va davlatning barqaror oʻsishiga zamin yaratadigan sifatli va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish orqali bu boʻshliqni toʻldirishdir", — deya ta'kidladi Rise Research asoschisi Aynur Janturina.

O'zbekistonda 2023-yilgi venchur bitimlari summasi $6 milliondan oshdi, bu 2022-yilga nisbatan 2 baravar koʻp.

Tarmoqlarga kelsak, FinTech sohasidagi startaplar O‘zbekistondagi venchur investorlarda yuqori qiziqish uyg‘otdi. Ushbu yo‘nalish investitsiyalar hajmi ($2 750 ming) va bitimlar soni (12) bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bundan tashqari, investitsiya hajmi bo‘yicha yetakchilar qatorida LogTech loyihalari ($1 775 ming) va Business Management ($975 ming) bor.

O‘zbekistonda venchur investitsiya jarayonlarini investorlar turlari bo‘yicha tahlil qilganda, 2023-yilda barcha investitsiyalarning 60% xalqaro investorlar hissasiga to‘g‘ri kelgani ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, mahalliy investorlar orasida davlat tashkilotlari investitsiyalari ustunlik qiladi. 2023-yilda venchur fondlarining o‘rtacha hajmi $204 mingni tashkil etdi.

Ma'lumot uchun: Rise Research tadqiqotni EA Group va BGlobal Ventures xoldingi, shuningdek, Crunchbase, Qozog'iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi va KPMG Caucasus and Central Asia ishtirokida o'tkazdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing