Kaspiy sohilida Sharq ta'mi: The Choyxona Sea Breeze restoranining ochilishi

Maxsus loyiha

Boku Kaspiy dengizi sohilida yangi gastronomik marvarid —The Choyxona Sea Breeze o‘zbek taomlari restorani ochilish arafasida!

Kaspiy sohilida Sharq ta'mi: The Choyxona Sea Breeze restoranining ochilishi
2024-yil 8-iyun kuni Boku dam olish oromgohi hududida The Choyxona Sea Breeze restorani o'z eshiklarini ochadi va mehmonlarga Kaspiy bo'yida o'zbek oshxonasining eng sara taomlaridan bahramand bo'lish imkoniyatini tuhfa etadi. Ushbu tadbir sharqona taomlarni sevib iste’mol qiladigan har kim uchun chinakam bayramga aylanadi.

Toshkentda asl o‘zbek taomlari bilan dong taratgan The Choyxona restorani endi o‘z xo’randalarini quyoshli Bokuga taklif qilmoqda. Yangi restoranda mazasi o’g’zingizda qoladigan palov, xushbo'y qozon-kabob, achchiq qurutob — bir so’z bilan aytganda mehr va mahorat bilan tayyorlangan ko'plab taomlarni tatib ko'rishingiz mumkin.

The Choyxona Sea Breeze nafaqat oshxona, balki madaniyat markazi ham bo'ladi. 8-iyun kuni bu yerda SEA BREEZE SUMMER LIVE'24 musiqa festivalining After-party tadbiri bo'lib o'tadi, unda Emin, El'man, Bahh Tee & Turken, Ellai kabi yulduzlar o’z qo’shiqlarini ijro etadilar. Mehmonlar stollarni oldindan band qilib, diltortar musiqa va mazali taomlardan bahramand bo'lishlari mumkin.

The Choyxona Sea Breeze o'zbek taomlarining ishqibozlari va dengiz bo'yidagi yoqimli muhitda vaqt o'tkazishni istovchilar uchun eng zo'r joy bo'lishi shubhasiz. Stollarni oldindan band qiling va The Choyxona Sea Breeze bilan totli va xushbo’y taomlar olamiga sho'ng'ing!

Buyurtma uchun: +994998448888


Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing