Timur Kapadze terma jamoalar murabbiylari orasida kuchli o‘nlikka kirdi
Sport
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze 2025 yil yakunlariga ko‘ra IFFHS talqinida dunyoning eng yaxshi 10 nafar terma jamoa murabbiylari qatoriga kirdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze 2025 yilda terma jamoalar bilan ishlayotgan murabbiylar reytingida sakkizinchi o‘rinni egalladi. Reyting Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan e’lon qilindi.
Murabbiylar faoliyati terma jamoalarning natijalari, o‘yin barqarorligi, taktik samaradorlik va xalqaro futbol rivojiga qo‘shgan hissasi asosida baholandi.
Reytingning birinchi pog‘onasidan Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente joy oldi. Uning qo‘l ostida Ispaniya terma jamoasi so‘nggi mavsumlarda yuqori natijalarga erishdi.
Timur Kapadzening ushbu ro‘yxatga kirishi O‘zbekiston futboli uchun xalqaro miqyosdagi muhim e’tirof sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor