Tokayev “Atletiko Madrid” rahbarini Qozog‘istonda futbolni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirladi
Dunyo
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Atletiko Madrid” futbol klubi bosh direktori Migel Anxel Xil Marin bilan uchrashdi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, yosh futbolchilarni tayyorlash va mamlakat futbol infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qildi. Davlat rahbari Xil Marinni Qozog‘istonda futbolni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun II darajali “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
To‘qayev Ispaniya klubi bilan hamkorlikni yuqori baholab, Xil Marinning tashrifi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.
Prezidentning ta’kidlashicha, Qozog‘iston zamonaviy futbol infratuzilmasi, mashg‘ulot bazalari va yosh futbolchilarni tayyorlash dasturlariga faol sarmoya kiritmoqda. Shu bilan birga, mamlakatdagi futbol klublarining aksariyatini xususiylashtirish jarayoni davom etmoqda.
Bolalar futbolini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bilan hamkorlikda Qozog‘istonning barcha hududlarida bolalar uchun 100 dan ortiq yangi futbol maydoni barpo etish bo‘yicha izchil ish olib borilmoqda.
Uchrashuvda To‘qayev Ispaniya terma jamoasining yutuqlari va ispan futbol maktabining yuqori saviyasini alohida qayd etdi. U yangi avlod iste’dodli qozog‘istonlik futbolchilarini tayyorlashda ilg‘or tajribalarni o‘rganish va qo‘llashga qiziqish bildirdi.
Migel Anxel Xil Marin mamlakatda futbolni ommalashtirishga qaratilayotgan e’tibor uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u Olmaota viloyatidagi “Atletiko Madrid” akademiyasi infratuzilmasiga yuqori baho berib, kelgusida ushbu majmua eng yaxshi futbol o‘quv-mashg‘ulot markazlaridan biriga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.
Ispaniya klubi bilan hamkorlik yosh futbolchilarni tayyorlash va ularning professional rivojlanishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan. “Do‘stlik” ordenining II darajasi bilan taqdirlash Xil Marinning Qozog‘iston futbolini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi e’tirofi bo‘ldi.

Powered by Froala Editor