"Tolibon" ustidan Xalqaro Jinoyat Sudiga da'vo arizasi kiritildi: Ayollar xavf ostida
Dunyo
Xalqaro Jinoyat Sudi Prokurori Karim Xon, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha hibsga olish uchun Xalqaro Jinoyat Sudiga ariza topshirganini e'lon qildi. Prokurorning so'zlariga ko'ra, "Tolibon" mamlakatdagi xotin-qizlarga shavqatsizlarcha muomilada bo'lgan va ularning huquqlarini paymol qilgan. Shu sababli, ular jinsiy kamsitishga yo'l qo'yganligi uchun insoniyatga qarshi jinoyatda ayblanmoqda.
Karim Xon arizasida shunday deydi: "2022-yil 31-oktabrda Pre-Trial Palatasining tergovimizni davom ettirishga ruxsat berish qaroridan so‘ng, mening ofisim mustaqil va xolis ravishda afg‘on fuqarolariga qarshi sodir etilgan jinoyatlarni tekshirib chiqdi.
Tergovimiz asosida to‘plangan dalillarga ko‘ra, mening ofisim shuni aniqladi-ki “Tolibon” oliy rahnamosi Haybatulloh Axundzoda va “Islomiy Afg‘oniston Amirligi” bosh sudyasi Abdul Hakim Haqqoniy Rim Statuti 7-moddasining 1-bandiga asosan jinsiy kamsitish jinoyatlari uchun insoniyatga qarshi jinoyatda javobgar hisoblanadi.
Ofisimizning xulosasiga ko‘ra, bu ikki afg‘on fuqarosi afg‘on qizlari va ayollarini, shuningdek, "Tolibon"ning gender identifikatsiyasi va ifodasiga oid ideologik talablarga javob bermagan shaxslarni, qizlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlagan deb hisoblangan shaxslarni kamsitishda javobgar. Ushbu kamsitish 2021-yil 15-avgustdan bugungi kungacha butun Afg‘oniston bo‘ylab sodir etilgan.
Mazkur jinoyatlar xalqaro huquqqa zid bo‘lgan bir qator asosiy huquqlarni, jumladan, jismoniy daxlsizlik, erkin harakat, ta’lim olish, oilaviy hayot va erkin yig‘ilish kabi huquqlarni cheklagan.
Jinoyatlar, shuningdek, qotillik, qamoqqa olish, qiynoq, zo‘rlash, majburiy g‘oyib bo‘lish va boshqa nomunosib harakatlar kabi Rim Statutidagi boshqa jinoyatlarni o‘z ichiga oladi" .
Bu Afg‘oniston bo‘yicha hibsga olish orderlari uchun topshirilgan ilk ariza hisoblanadi. Yaqin orada "Tolibon"ning boshqa yuqori martabali a’zolariga qarshi arizalar ham topshiriladi. Arizalar turli dalillarga asoslanib tayyorlandi.
Sud arizalar asosida gumondor shaxslarning jinoyatlarni sodir etganini asosli deb orderlar chiqarsa, boshqa davlatlar bilan hamkorlikda sud qarorini ijro etishini Prokuror ma'lum qildi.

Powered by Froala Editor