Toqayev NVIDIA rahbari Jensen Huangni I darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi
Dunyo
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev NVIDIA kompaniyasi hammuassisi va prezidenti Jensen Huang bilan uchrashib, sun’iy intellektni rivojlantirish hamda texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv yakunida davlat rahbari Huangni Qozog‘istonda sun’iy intellekt rivojiga qo‘shgan hissasi uchun I darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.
Aqorda qarorgohida o‘tgan uchrashuvda Toqayev NVIDIA bilan hamkorlikni mustahkamlashda ushbu tashrif muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Huangga mamlakatning sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
«Bu tashrif NVIDIA bilan hamkorligimizga jiddiy turtki berish nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega. Hamkorligimizni mustahkamlash yo‘lidagi hissangiz va Qozog‘iston uchun qilayotgan ishlaringiz uchun Sizga shaxsan minnatdorlik bildirmoqchiman», — dedi prezident.
Toqayev raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirishni milliy ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab, 2026-yil mamlakatda Raqamlashtirish va sun’iy intellekt yili deb e’lon qilinganini eslatdi. Shuningdek, NVIDIA va Higgsfield o‘rtasidagi hamkorlikni olqishlab, ushbu kompaniya Qozog‘istonning mahalliy texnologik ekotizimining bir qismi ekanini qayd etdi.
Jensen Huang Qozog‘istonni sun’iy intellektni rivojlantirish va uni keng joriy etishga yo‘naltirilgan AI davlatiga aylantirish strategiyasini yuqori baholadi. U, shuningdek, mamlakatni Physical AI, ya’ni real qurilmalar va tizimlarda qo‘llaniladigan jismoniy sun’iy intellekt bo‘yicha jahon markaziga aylantirishni taklif qildi.
«Sun’iy intellektni rivojlantirish uchun, avvalo, energetika resurslari, shuningdek, fan, matematika va texnologiyalar bo‘yicha bilimga ega insonlar zarur. Qozog‘iston ushbu yo‘nalishlarning har birini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega», — dedi Huang.
NVIDIA rahbarining ta’kidlashicha, so‘nggi bir yil davomida Qozog‘iston bilan hamkorlikda sezilarli natijalarga erishilgan. Kompaniya Firebird AI KZ Ltd va «Kazakhtelecom» bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirmoqda, shuningdek, global texnologik ekotizimda muhim o‘rin egallagan Qozog‘istonning ilk texnologik «yakkashox» kompaniyasi Higgsfield’ni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Huang birgalikdagi ishlar natijalaridan mamnunligini bildirib, hamkorlik hali uzoq yo‘lning boshlanishida ekanini ta’kidladi. «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlash uning Qozog‘istonda sun’iy intellektni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi e’tirofi bo‘ldi.

Powered by Froala Editor